Toshkentda elektromobil yonib ketdi

08:05 09 Aprel 2026 Jamiyat
70 0

Kecha, 8-aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida Leapmotor rusumli elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 21:14 da Olmazor tumani Beruniy koʻchasi 2-uy oldida elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 21:18 da yetib borib, yongʻin soat 21:28 da oʻchirilgan.

Bildirilishicha, yongʻin oqibatida jarohatlanganlar toʻgʻrisida xabar tushmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер