Toshkentda direktor xodimlarini dam olish kunlari ishlashga majbur qildi

00:33 16 Fevral 2022 Jamiyat
701 0

Foto: Illustrativ foto

Ishga Chilonzor tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi xodimlari jalb etildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, mazkur holat Toshkent shahar davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganilgan. Maʼlum boʻlishicha, markaz xodimlari dam olish kunida mehnat faoliyatiga jalb qilingan, biroq qoʻshimcha ish haqi toʻlash yoki dam olish kunini berish boʻyicha hech qanday buyruq berilmagan.

Shunday qilib, markaz direktori Mehnat kodeksining 157-moddasi talabini buzgan, shu munosabat bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер