Toshkentda BYD va “Spark” YTHda 14 yoshli piyoda jabrlandi

16:05 11 Aprel 2026 Jamiyat
235 0

Videodan kadr

Toshkent shahrining Sergeli tumanida BYD va “Spark” oʻrtasidagi toʻqnashuvda 14 yoshli piyoda jabrlandi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea kecha, 10-aprel kuni soat 13:50 larda Sergeli tumani TXAY–Qumariq koʻchalari kesishgan chorrahasida yuz bergan. 21 yoshli haydovchi “Spark” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, 53 yoshli haydovchi boshqaruvida boʻlgan BYD rusumli avtomobil bilan toʻqnashgan.

Toʻqnashuv oqibatida BYD haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotib, piyodalar oʻtish yoʻlagidan harakatlanib oʻtayotgan 14 yashar piyoda (qiz bola)ni urib yuborgan.

Yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер