Toshkentda bolalar tagligiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi
Videodan kadr
Toshkent xalqaro aeroportida bolalar tagligiga yashirilgan noqonuniy dori vositalari aniqlandi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportining bojxona posti xodimlari tomonidan Dehli shahridan uchib kelgan hamda “yashil yoʻlak” orqali harakatlangan fuqaroning yuklari tegishli tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.
Shunda yuklarining orasida bolalar tagligi (pampers) ichiga yashirilgan 303 dona har xil turdagi va nomdagi dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring