Toshkentda baʼzi avtobuslar harakati oʻzgardi
Joriy yilning 2-avgust kunidan 25-avgust kuniga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli koʻchasining “Grand Mir” mehmonxonasi bilan kesishmasidan Bobur koʻchasigacha boʻlgan qismida taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ushbu oraliqda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt Transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoʻl yopilishi sababli avtobus yoʻnalishlari harakati quyidagicha oʻzgartiriladi:
18, 38, 58, 67-sonli yoʻnalishlar:
- Shahrisabz koʻchasi — Mirobod — Nukus — Bobur — Sh. Rustaveli koʻchalari orqali harakatlanadi.
57, 81, 98-sonli yoʻnalishlar:
- Mirobod — Yusuf Xos Hojib — Bobur koʻchalari orqali harakatlanadi.
127-sonli yoʻnalish:
- Nukus — Muqimiy koʻchalari orqali harakatlanadi.
Taʼkidlanishicha, rekonstruksiya ishlari davomida koʻchalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga koʻra, yoʻnalishlarga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Boshqarma, shuningdek, yoʻlovchilardan qatnovlarini oldindan rejalashtirishini soʻragan.
Qoʻshimcha qilinishicha, avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring