Toshkentda avtomobil transportiga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtadi

17:28 14 Avgust 2023 Siyosat
951 0

Foto: Arxiv surat

2023-yilning 11-sentyabr kuni poytaxtimizda “Xalqaro avtomobil transporti: barqarorlik va farovonlikni taʼminlash” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtadi. Tadbir Oʻzbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) hamda Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (IRU) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Konferensiyada mintaqaviy bogʻliqlikni taʼminlashda avtomobil transportida yuk tashuvlar sohasidagi mavjud muammolar, sharq-gʻarb va shimol-janub multimodal transport yoʻlaklar orqali tranzit tashuvlarini rivojlantirish, tijorat transporti va bojxona tartib-qoidalarini raqamlashtirish, sohada professional haydovchilar yetishmasligi bilan bogʻliq masalalar va ularning yechimi koʻrib chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер