Toshkentda avtobusda yongʻin chiqdi

11:53 23 Dekabr 2020 Jamiyat
956 0

Ijtimoiy tarmoqda “Toshkentda avtobusda yongʻin chiqdi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan maʼlumot berildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 22-dekabr kuni soat 14:50 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasida, haydovchi, 1991-yilda tugʻilgan Z.S. 12-sonli avtobus saroyiga tegishli boʻlgan, 01 159 FCA davlat raqam belgili, yoʻlovchi tashuvchi avtobusni 47-yoʻnalishda boshqarib ketayotgan vaqtida, avtobusning dvigatel qismida yongʻin yuzaga kelgan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yongʻin yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер