Toshkentda 6000 dollar evaziga fuqaroni oʻqishga kiritmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Sergelida fuqaroni universitetga oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlum qildi.
Departamentning Sergeli tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.M. boshqa bir fuqaro G.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring