Toshkentda 45 yoshli erkak o‘z joniga qasd qildi

17:24 30 Noyabr 2023 Jamiyat
286 0

45 yoshli erkak Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgani va Toshkentga ish izlab kelgani ma’lum bo‘ldi.

29 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan 45 yoshli erkak o‘zini Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi va Kichik halqa yo'li ko‘chalari kesishmasida joylashgan ko‘prikdan tashlab o‘z joniga qasd qilgan.

Marhumning akasi suhbat davomida, ukasi shu yilning 26 noyabr kuni Toshkent shahriga uni oldiga ishlash maqsadida kelganini, ukasini o‘zi ishlaydigan «T.A» MCHJga qarashli qurilish obyektiga brigadiri bilan suxbatga olib kirganini, ammo ukasining tobi bo‘lmagani sababli uni ishlash uchun holi bo‘lmaganini, shu sababli ukasi ishga kira olmaganligini, 29 noyabr kuni soat 06:00 lar atrofida ukasi bilan o‘zi vaqtinchalik istiqomat qilgan manzilda nonushta qilishganliklarini, ukasi unga Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qaytib ketishini, o‘sha yerda biror bir ish topishini aytganini, shundan so‘ng u ish joyiga chiqib ketganligini ma’lum qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер