Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bir haydovchi vafot etdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Chilonzor tumanida “Malibu-2”, “Lacetti” va “Lada” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 13-iyun kuni soat 01:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasida, 27 yoshli M.A. boshqaruvida boʻlgan “Malibu-2”, 32 yoshli A.Z. boshqaruvidagi “Lacetti” hamda 33 yoshli P.L. boshqaruvidagi boʻlgan “Lada” rusumli avtomashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
YTH oqibatida Malibu-2 avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring