Toshkentda 28-aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi — TIIF-2023 oʻz ishini boshladi
Unda 70 mamlakatdan 2,5 mingga yaqin biznes va bank-moliya sektori vakillari ishtirok etmoqda. Yalpi majlisni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib berdi.
Forum doirasida “MDH mamlakatlari oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari” mavzusidagi anjumanda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov ham ishtirok etdi.
Muhokama chogʻida MDHda iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, 2022-yilda mamlakatlar iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari, joriy sharoitda sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, birgalikdagi asosiy vazifalarni hal etish masalalari muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring