Toshkent viloyatida “Yoshlar va sportchilar bogʻi”ga koʻchat ekish aksiyasi boʻlib oʻtdi

08:59 13 Noyabr 2023 Jamiyat
161 0

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratilgan tegishli yer maydonidagi “Yoshlar va sportchilar bogʻi”ga koʻchat ekish aksiyasi boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Toshxoʻjayev boshchiligidagi Paralimpiya qoʻmitasi sportchilari va xodimlari yuzlab yangi nihollarni yerga qadadilar.

Qayd etish lozimki, bugun Boʻstonliq tumanida yaratilgan  “Yoshlar va sportchilar bogʻi” hududiga 2,5 mingta koʻchat ekildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер