Toshkent viloyatida qariyb milliard soʻmlik tovarlar kontrabandasi toʻxtatildi

15:19 22 Oktyabr 2021 Jamiyat
1103 0

Toshkent viloyati hududida sifati hujjatlashtirilmagan tovarlarni kontrabanda qilishga urinish toʻxtatildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurash va bojxona auditining tezkor xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan birgalikda Ohangaron tumanida operatsiya oʻtkazgan.

Maʼlumotga koʻra, ular guvohlar ishtirokida “Isuzu” yuk mashinasini tintuv qilishgan. Mashinaning orqa tomonida ilova hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 946,2 million soʻmlik 35 turdagi atirlardan 45 ming dona parfyumeriya mahsulotlari boʻlgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер