Toshkent viloyatida Matiz yoʻlni kesib oʻtayotgan 46 yoshli erkakni urib yubordi

08:44 11 Noyabr 2021 Jamiyat
1430 0

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 9-noyabr kuni Matiz avtomobili piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmassi xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, soat 16:45 da Olmaliq shahri Amir Temur koʻchasida “Matiz” rusumli avtomashinani boshqarayotgan 1997-yilda tugʻilgan haydovchi piyodalar oʻtish joyida yoʻlni kesib oʻtayotgan 1975-yilda tugʻilgan erkakni urib yuborgan.

Qayd etilishicha, hodisa natijasida piyoda yengil tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер