Toshkent viloyatida 3 ta isteʼmolchi elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:
Qibray tumanida faoliyat yuritib kelayotgan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini baholash markazi oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 389 mln 800 ming soʻm;
Zangiota tumanida joylashgan “E.J.B.” MCHJga qarashli yem ishlab chiqarish sexining oʻzboshimchalik bilan gaz tarmogʻiga ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 166 mln 536 ming soʻm;
Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.K.Sh. ga qarashli dala-hovli oʻzboshimchalik bilan gaz tarmogʻiga ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 141 mln 912 ming soʻm, jami 698 mln 248 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring