Toshkent viloyati IIBBga yangi rahbar tayinlandi

10:03 30 Iyul 2025 Jamiyat
426 0

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan polkovnik Abduvosit Abdulhayevich Abdurazzoqov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tayinlovga qadar Abduvosit Abdurazzoqov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Maʼlumot uchun, Abduvosit Abdurazzoqov 1981-yil 19-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2002-yil IIV Akademiyasini tamomlagan. Soʻngra ichki ishlar sohasining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

2020-2021-yillar Sergeli tuman Ichki ishlar organlari FMB boshligʻi lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер