Toshkent tibbiyot akademiyasi “QS Star Very Good 4” yulduzli oliy taʼlim muassasasiga aylandi
Malayziyada oʻtkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific — 2023” sammiti doirasida Osiyoning eng yaxshi oliy oʻquv yurtlari reytingi aniqlandi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlari ichida birinchilardan boʻlib “QS Star Very Good 4” yulduzli oliy taʼlim muassasasiga aylandi.
“QS Stars” reytingi keng qamrovli va jahon miqyosida eʼtirof etilgan baholash tizimi boʻlib, u turli sohalardagi universitetlarni ularning faoliyati haqida umumiy tasavvurni taqdim etish uchun baholaydi. U universitetlarni bir necha muhim yoʻnalishlar, jumladan, oʻqitish sifati (5 yulduz), ishga joylashish (5 yulduz), tadqiqot (4 yulduz), xalqaro hamkorlik (3 yulduz), qulayliklar (3 yulduz), innovatsiyalar, inklyuzivlik va boshqalar asosida baholaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring