Toshkent shahridagi tumanga ayol kishi hokim bo‘ldi
Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi rasmiy sahifalarida ma’lum qilingan.
Ma’lumot uchun, Allabergenova Nilufar Anvarovna 1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Qator mas’uliyatli vazifalarda, shu jumladan, turli yillarda Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2019 yildan shu kunga qadar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring