Toshkent shahrida turli quvvatdagi eskirgan elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlari taʼmirlanmoqda
Joylarda elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarining sozligini taʼminlash orqali isteʼmolchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish mumkin. Shuningdek, bu orqali turli quvvatdagi elektr qurilmalarida baxtsiz hodisalarning kelib chiqishini oldi olinadi.
Shu maqsadda, Yunusobod tuman, Uchqahramon mahallasi hududidagi elektr qurilmalarida mukammal taʼmirlash ishlari olib borildi. Qayd etish kerakki, ushbu mahallani elektr energiyasi bilan taʼminlovchi mavjud elektr qurilmalariga qariyb yigirma yil boʻlgan.
Mazkur transformatorlarning nisbatan eskirgani — qish va yoz mavsumida zoʻriqib ishlashi natijasida avariya holatlari ham tez-tez uchrab turibdi. Natijada, elektr uzatish tarmoqlarining ishdan chiqishi koʻplab isteʼmolchilarning maʼlum muddat elektr taʼminotisiz qolishiga sabab boʻlgan.
Prezidentimizning 2023-yil 11-martda “Toshkent shahridagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-91-son qaroriga muvofiq mahallada aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Jumladan, mazkur mahalla hududidagi 6 ta koʻp qavatli uydagi 400 ta xonadonga elektr uzatish tarmoqlari mukammal taʼmirdan chiqarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring