Toshkent shahrida fuqaro Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan ayblanyapti
Toshkent shahrida elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur holat aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro M.M. hujjatlari boʻlmagan elektron tamaki mahsulotlarini sotgan vaqtida qoʻlga olingan.
U fuqaro S.X.ga jami 300 quti elektron tamaki mahsulotlarini 51 million soʻmga sotgan. Tezkor tadbir davomida ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-1-moddasiga (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring