Toshkent shahri havoning ifloslanish darajasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻringa chiqdi
Oʻzbekistonda chang boʻroni kuzatilishi munosabat bilan Toshkent hozirda havoning ifloslanish darajasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egalladi.
Qayd etilishicha, Toshkentdagi AQSH elchixonasiga oʻrnatilgan havo ifloslanishini aniqlovchi datchiklar poytaxtda dunyodagi eng yuqori xavfli havoni aniqlagan. Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston havo ifloslanishi boʻyicha birinchi oʻrinda turadi.
Taʼkidlanishicha, havoning ifloslanishi boʻyicha Oʻzbekiston Hindiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Bahrayn, Turkiya va Turkmanistondan oldinda. Qoʻshni Turkmanistonda havo Oʻzbekistondagidan 4 barobar toza.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring