Toshkent shahar hokimligiga 190 gektar yer maydoni begʻaraz oʻtkazib berildi
Toshkent shahar hokimligiga Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Ulugʻbek mahallasida joylashgan yer uchastkasi begʻaraz oʻtkazib berildi.
Tegishli hujjatda aytilishicha, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi 190 gektar maydonga ega boʻlgan yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechgan va uni davlat zaxirasiga topshirgan.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov mazkur yer uchastkasini boʻsh turgan hamda maʼmuriyat tasarrufidagi yer sifatida hisobga olish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu hududda dendrologiya bogʻini (dendropark) tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring