Toshkent shahar hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

09:13 17 Aprel 2026 Jamiyat
145 0

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Moʻminov Obidjon Odilovich Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Obidjon Moʻminov 1987-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan. 2013-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2024-yilda esa Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi Davlat boshqaruvi oliy maktabini (magistratura) tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar u Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Koʻp xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish hamda renovatsiya loyihalarini umumlashtirish departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер