Toshkent metrosidagi tabloda uyatsiz yozuv paydo boʻlganiga izoh berildi

12:31 15 Aprel 2021 Jamiyat
2562 0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishi 3-bekatida interval soatlari jadvalida uyatsiz yozuv paydo boʻlganiga izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, 12-aprel kuni soat 16:40 da ushbu soat mexanizmiga kiberhujum (xakerlik) sodir boʻlgani aniqlangan. U elektron va simsiz WiFi orqali boshqarilgan. Xakerlar tomonidan soatga oʻrnatilgan parol buzilgan va behayo yozuv qoʻyilgan. Ushbu yozuv 4 daqiqa ichida olib tashlangan.

Shuningdek, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan aybdorlarning qidirilayotgani va ularga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi taʼkidlangan. “Toshkent metropoliteni” rahbariyati telekommunikatsiya tarmogʻiga noqonuniy (ruxsatsiz) kirish jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishidan ogohlantirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер