Toshkent metrosida yongʻin chiqqani toʻgʻrisida tarqalgan xabarlarga izoh berildi

12:02 28 Noyabr 2023 Jamiyat
263 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent metropoliteni” DUK “Kosmonavtlar” bekatida yongʻin chiqdi mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK quyidagilarni maʻlum qiladi.

Joriy yilning 28-noyabr sanasida “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinida joylashgan Toshkent elektr tarmoqlariga tegishli elektr kabellarda qisqa tutashuv holati yuzaga kelgan va bu holat masʻullar tomonidan tezkor koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida bartaraf etilgan.

Shuningdek, yuzaga kelgan ushbu holat metropoliten faoliyatiga taʻsir qilgani yoʻq. Metropolitenning “Kosmonavtlar” bekatida barcha qurilmalar normal holatda ishlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер