Toshkent metrosida poyezdlar toʻqnashib ketdi
Foto: FVV
Joriy yilning 18-mart kuni taxminan soat 20:10larda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi “Olmozor” yer osti metro bekatidan “Sirgʻali” metro yoʻnalishining “Choshtepa” yer usti metro bekati tomon harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat yoʻnalish tarkib(sostav)ning texnik sabablarga koʻra toʻxtab qolishi natijasida ushbu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan navbatdagi yoʻnalish tarkib(sostav)i toʻxtab turgan vagonga borib yengil urilgan.
Maʼlum boʻlishicha, hodisada jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq. Vagonlarga ham katta zarar yetmagan.
Shuningdek, “Sirgʻali” metro yoʻnalishining voqea sodir boʻlgan qismida harakat vaqtincha toʻxtatilganligi bois, qolgan tarkib(sostav)larning harakati qoʻshimcha (yordamchi) yoʻnalish boʻyicha davom ettirildi. Hozirda ushbu yoʻnalishda harakatlar toʻliq qayta yoʻlgan qoʻyilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar FVB, IIB hamda Metropoliten xodimlari tomonidan vagon ichidagi yoʻlovchi fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilindilar.
Bundan tashqari voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati, yongʻin-qutqaruv xizmati, tuman IIB, Prokuratura hamda Milliy gvardiya xodimlari chiqishgan.
Hozirda vaziyat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” maʼlumotiga koʻra, birinchi tarkib mashinisti “Olmazor” bekatidan chiqayotib, temir yoʻl liniyasida begona jismga koʻzi tushgan, shu bois tarkibni toʻxtatgan. Kompaniya xabarida ham yoʻlovchilar va mashinistlar orasida jabrlanganlar yoʻqligi, toʻqnashuv natijasida yongʻin chiqmagani maʼlum qilingan.
Huquq organlari tergovga qadar surishtiruv oʻtkazmoqda.
“Sirgʻali” metro yoʻnalishining voqea sodir boʻlgan qismida harakat vaqtincha toʻxtatilgani bois qolgan tarkiblarning harakati qoʻshimcha yoʻnalish boʻyicha davom ettirilgan. Hozirda ushbu yoʻnalishda harakatlar toʻliq qayta yoʻlgan qoʻyilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring