Toʻraqoʻrgʻonda murakkab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishga kirishildi
Foto: “Xalq soʻzi Online”
Namangan viloyatida tashqi bozorga chiqariladigan mahsulotlar turi yanada koʻpaydi. Bu Toʻraqoʻrgʻon tumanining Oqtosh shaharchasida tashkil etilgan korxona ishga tushirilishi bilan bogʻliq. Bir gektar maydonni egallagan yangi subyekt “Ifoda Agro Kimyo Himoya” kompaniyasi tarkibiga kiradi.
Umumiy qiymati 17 milliard soʻmga teng mazkur loyihaga koʻra, yiliga 30 ming tonna mineral oʻgʻitlar tayyorlanadi. Uning asosiy qismini Yevropa va Oʻrta Osiyo davlatlariga eksport qilish moʻljallangan. Yangi korxona toʻla quvvat bilan ishlay boshlagach bu yerda 30 kishi mehnat qiladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV. “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring