Topshiriqlar ijrosi qay ahvolda?

22:47 12 Yanvar 2019 Jamiyat
1357 0

Arxiv foto

Bosh prokuratura tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilmoqda.

Oʻtgan yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi hududlarga chiqqan holda oʻrganilib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan 216 ta qaror va topshiriqlar ijrosi bajarilishi taʼminlandi.

Mazkur tekshirishlar davomida asosiy eʼtibor Prezident qaror va topshiriqlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishiga hamda mansabdor shaxslarning masʼuliyatini yanada oshirishga qaratildi.

Tekshirishlar natijasiga koʻra, 343 nafar mansabdor shaxs intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortildi hamda qoʻpol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 8 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Shu bilan birga, 144 ta tadbirkorlik subyektiga 114,5 mlrd. soʻm va 281,3 mln. AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun 1121 gektar yer maydoni ajratilishi hamda 126 ta qishloq xoʻjaligi texnika va agregatlari yetkazib berilishiga, 26 mlrd. soʻm, 1,9 mln. AQSH dollari va 2,5 mln. yevro miqdoridagi kredit mablagʻlarining qaytarish muddatini uzaytirishga amaliy yordam koʻrsatildi. Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun 89 mlrd. soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari ajratilishi taʼminlandi.

Prezident qarorlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash borasidagi nazorat faoliyati davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер