Tomdida prokuratura xodimlari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi
Navoiy viloyati Tomdi tumanida prokuratura xodimlari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda prokuratura xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, faxriy mehmonlar hamda keng jamoatchilik aʼzolari ishtirok etdi.
Navoiy viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov soʻzga chiqib, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilayotganligi, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etdi.
Tadbir qatnashchilari yangi binoda yaratilgan qulaylik va sharoitlar bilan tanishishdi.
Binoda tuman prokuraturasi bilan birga departamentning tuman boʻlimi ham faoliyat olib boradi, xonalarga zamonaviy jihozlar, kompyuter jamlanmalari, internet tizimi, kuzatuv kameralari oʻrnatilgan.
Eng muhimi yangi bino aholi yashash joyiga yaqin va murojaat etib keluvchilar uchun qulay joyda joylashganligidir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring