Tokio-2020: Davlat Bobonovdan ikkinchi gʻalaba
Hozirgina Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarining dzyudo boʻyicha -90 kg vazn toifasida navbatdagi bellashuvi yakunlandi. Unda hamyurtimiz Davlat Bobonov ukrainalik Kuedju Nabaliga qarshi tatamiga tushdi.
Murosasiz kechgan bellashuvda hamyurtimizning qoʻli baland keldi va u ippon bahosi bilan chorak finalga yoʻl oldi. Uning keying raqibi gruziyalik Lasha Bekauri boʻladi. Yana ikkita bellashuvda gʻalaba qozonsa, Bobonov Olimpiya oʻyinlari sovrindoriga aylanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring