Toʻyda pul sochish davlat ramzini beqadr qilishdir — Alisher Qodirov
“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov toʻyda pul sochadiganlarni davlat ramzini beqadr qilishda aybladi. Deputat bu haqida oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
“Toʻyga va toʻyda pul sochayotganlar nafaqat oʻzini, balki mehnati, farosati va albatta davlat ramzlarini ham beqadr qilayotgan boʻladi. Bu uchun javobgarlik bor, lekin yetarli emasdek”, — deb yozadi deputat.
Inson oʻzgarsa jamiyat oʻzgaradi. Resurslar qadrini anglash uchun inson avvalo oʻz qadrini anglashi zarur, deb qoʻshimcha qilgan Qodirov.
Eslatib oʻtamiz, davlat bayrogʻi, gerbi yoxud madhiyasiga hurmatsizlik qilish BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring