“Tinchlik —ulugʻ neʼmat!” mavzusida diktant yozdik — Ruxshona Adhamova
Foto: “Xalq soʻzi”
Talaba-yoshlar orasida ona tiliga boʻlgan hurmat va ehtirom tuygʻularini shakllantirish maqsadida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Namangan toʻqimachilik sanoati institutida oʻtkazilgan tanlovda bu savolga javob topildi.

Unda OTMdagi mavjud 3 ta fakultetdagi 43 ta akademik guruhlarda tashkil etilgan tanlovlarda gʻolib boʻlgan 50 nafardan ortiq yigit-qizlar ishtirok etib, diktant yozish mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Yakunda diktantni adabiy til meʼyorlariga qatʼiy amal qilib, husnixat bilan yozgan va yuqori natijalarni qayd etgan yoshlarga institut rektorining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

— Bu kabi tanlovlar biz talabalarni darsdan soʻnggi boʻsh vaqtimizni mazmunli tashkil etish, oʻz ustimizda ishlash uchun xizmat qiladi. Bugun biz “Tinchlik —ulugʻ neʼmat!” mavzusida diktant yozdik. Ochigʻi juda quvondim. Nega deganda, men maktab davrimda ham diktant yozishni juda yaxshi koʻrardim. Tashkilotchilarga rahmat! — deydi 1-bosqich talabasi, mazkur tanlov gʻolibasi Ruxshona Adhamova.
Institutda Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring