Tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangani uchun Yangiyoʻldagi poliklinikaning 198 nafar xodimi karantinga olingan
Bu haqda bugun AOKA shtabida Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.
— Biz Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik agentligining Toshkent viloyati boʻlimi bosh shifokoridan rasmiy javob oldik, - dedi u. — Unga koʻra, haqiqatan 22-aprel kuni Yangiyoʻl tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasidagi oʻrta tibbiy xodimda COVID-19 ga test tekshiruvida musbat natija tasdiqlangan.
Tartib-qoidalarga koʻra, poliklinikaning 198 nafar xodimi va ular bilan aloqada boʻlganlar Oʻrta Chirchiqdagi karantin shaharchasiga kuzatish uchun joylashtirildi.
Yangiyoʻl shahri markazining yopilgani, poliklinika shifokor va bemorlari bilan birga yopilgani, koronavirus aniqlangan shifokorlarni eski sana bilan mehnat taʼtiliga rasmiylashtirishgani haqida aholi orasida tarqalgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring