Tezguzarda zamonaviy markaz barpo etilmoqda

13:52 06 Dekabr 2024 Jamiyat
296 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Shofirkon tumanidagi Tezguzar mahallasi aholi tigʻiz yashaydigan goʻshalardan sanaladi. Jamoatchilik oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov esa bu hududda mahalla maishiy xizmat koʻrsatish markazi barpo etishga ehtiyoj borligini koʻrsatdi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, yurtimizdagi koʻplab qishloq joylari qatori Tezguzarda ham shunday inshoot qurilishi belgilandi.

Ayni paytda mahallada mazkur markazni barpo etish yumushlari avjida. “Qishloqqurilish loyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tayyorlangan loyiha smeta hujjatiga koʻra, obyektda 4 milliard 735 million soʻmlik qurilish ishlari amalga oshiriladi. Markaz ishga tushgach, u tezguzarliklarga oʻnga yaqin maishiy xizmat turlaridan foydalanish taklifini beradi. Qolaversa, inshoot mahallaning eng koʻrkam binolaridan biriga aylanadi.

Maʼlumot tariqasida aytish kerakki, bu xayrli ish “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida bajarilmoqda. Mamlakatimiz Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki va OREK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi bu kabi ijtimoiy soha obyektlarini Buxoro, Kogon, Vobkent va Gʻijduvon tumanlarida ham bunyod etish belgilangan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер