“Termiz xalqaro aeroporti” MCHJ faoliyati oʻrganildi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan “Termiz xalqaro aeroporti” MCHJ faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganishda, fuqarolarga namunali xizmat koʻrsatish, yuk-bagajlarning harakat xavfsizligini taʼminlash, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish qatʼiyan lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Bundan tashqari, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJning Surxondaryo filiali hamda Termiz daryo porti faoliyatlari ham oʻrganildi.
Mutasaddilarga mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring