Temiryoʻl yoʻlovchilariga bepul koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati eʼlon qilindi
“Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori [851-son, 18.12.2024-y.] qabul qilindi.
Qarorga bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar roʻyxati;
- Temir yoʻl transporti sohasida bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati;
- Temir yoʻl transporti sohasida isteʼmolchilarga bepul koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati.
Bunda isteʼmolchilarga aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, yoʻl davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul taqdim etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring