“Telegram”dagi tovlamachilar qoʻlga olindi

11:35 10 Aprel 2023 Jamiyat
526 0

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi 38 yoshli B.U. ariza bilan murojaat qilib, oʻziga tanish boʻlgan M.R. uni sharmanda qiluvchi soxta foto va video tasvirlar tayyorlab, ularni “Telegram” messenjeridagi kanallarda tarqatganligini va ularni oʻchirib tashlash evaziga 8.000.000 soʻm pul talab qilayotganligini bildirib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida yashovchi 38 yoshli M.R., Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi 76 yoshli fuqaro N.S. bilan birgalikda sodir etilganligi aniqlandi.

Jinoyat sodir etgan M.R. va N.S.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qonunga muvofiq, M.R. va N.S. lar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер