Texnik chigit va texnik chigitdan olinadigan mahsulotlar faqat birja savdolari orqali sotiladi

17:56 02 Aprel 2021 Iqtisodiyot
5773 0

Bu haqda «Oʻzagroinspeksiya» maʼlum qildi.

«Nohalol tadbirkorlik subyektlari tomonidan ichki bozorda yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narxlarini sunʼiy oshirish, tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yoʻl qoʻymaslik, taqsimlash tizimi elementlarini tugatish hamda birja savdosini yana-da faollashtirish maqsadida joriy yilning 17-martida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5031-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, 2021-yil 15-iyundan boshlab birjaning tovar bozorlarida talab va taklifning mutanosibligini taʼminlash maqsadida joriy yil oxiriga qadar monopolist boʻlmagan, davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan yoki davlat ulushi umuman mavjud boʻlmagan korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan paxtadan olingan chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) — ishlab chiqarish hajmining 100 foizi ichki bozorda faqat ochiq birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotilishi belgilandi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qaroriga ilova «Monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning roʻyxati»ga paxta ekstraksiya moyi kiritildi.

Ushbu roʻyxatdagi 29-33-bandlarida koʻrsatilgan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-sonli “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandini hisobga olgan holda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan oʻsimlik yogʻi (paxta), ekstraksiya moyi (paxta), paxta shroti, sheluxasi va texnik chigiti ichki bozorda bozor tamoyillari asosida faqat birja savdo orqali sotilishi koʻrsatib oʻtildi.

Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalar tomonidan paxtadan olingan chigitni tayyor mahsulotni qaytarish sharti asosida yogʻ-moy tashkilotlariga berish faqat bir paxta-toʻqimachilik klasteri doirasidagi tashkilotlar oʻrtasida amalga oshirish tartibi oʻrnatilishi belgilandi» deyiladi Inspeksiya matbuot xizmati xabarida.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер