“Techno Cable Group” Ukrainaga 2 mln. dollarlik kabel-sim mahsulotlari eksport qiladi
Ukrainaning Kiyev shahrida boʻlib oʻtayotgan “Electro Install — 2021» xalqaro koʻrgazmasi doirasida «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi korxonalari tomonidan koʻplab biznes uchrashuvlar va eksport shartnomalari imzolanishiga erishilmoqda.
Uyushma matbuot xizmatiga koʻra, koʻrgazmaning ikkinchi kunida Toshkent viloyatidagi “TECHNO CABEL GROUP“ MCHJ tomoni Ukrainaning «ODESKABEL” korxonasi oʻrtasida 2 mln. dollarlik shartnoma imzolandi.
Korxona vakilining soʻzlariga koʻra, ayni paytda ushbu kabel-sim mahsulotlarining dastlabki partiyasi tayyorlanmoqda. Bunda sifat va kafolat birlamchi hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring