TDPUga qabul parametrlari haqida maʼlumot berildi

14:49 29 Iyun 2021 Jamiyat
1408 0

“2021/2022 oʻquv yilida Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari jami — 2200 ta boʻlib, shundan 490 ta — grant, 1710 ta — kontrakt etib belgilangan”.

Bu haqda AOKAda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi:

«TDPU magistraturasiga jami — 214 ta davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻlib, buning 88 tasi — grant, 126 tasi — kontrakt etib belgilangan.

Shuningdek, bakalavriatning kechki taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida jami — 525 ta, sirtqi taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi — 750 ta oʻqishga qabul qilish belgilab berilgan».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер