TATUga yangi rektor tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Babaxodjayev Sarvar Nadjimovich TATU rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar berdi.
TATU rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Teshabayev Toʻlqin Zakirovich Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlangani bois hozirgi lavozimidan ozod etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring