Tashqi ishlar vazirligida IHT delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2023-yil 28-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev mamlakatimizga umumxalq Referendumini kuzatish maqsadida tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning Osiyo mamlakatlari boʻyicha departamenti direktori Ahmad Sarir boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
IHT delegatsiyasi boʻlajak siyosiy tadbirning mamlakat taraqqiyoti uchun ahamiyatini ijobiy baholab, ushbu tadbirga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrilganini alohida taʼkidladi.
Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda izchil aloqa va almashinuvlar tufayli Oʻzbekistonning IHT bilan oʻzaro hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Uchrashuvda mamlakatimiz bilan mazkur tuzilma oʻrtasidagi taʼlim, fan va innovatsiyalar, ekologiya hamda boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi hamkorlikni yanada faollashtirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring