Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi

12:11 03 Fevral 2020 Siyosat
1576 0

2020-yilning 3-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQSHga tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakuniga koʻra qabul qilingan strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi toʻgʻrisida Qoʻshma bayonot qoidalarini izchil amalga oshirish, koʻp qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga tomonlar sodiq ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuv yakuniga koʻra Oʻzbekiston va AQSH tashqi siyosat idoralari rahbarlari jurnalistlar qarshisida bayonot berdilar va ularning savollariga javob qaytardilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер