“Tashmore”da dam olish maskani bunyod etiladi
Davron Hidoyatovning Xitoy Xalq Respublikasining “LINYI INVESTMENT GROUP” kompaniyasi rahbari Chen Min Chi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida uchta loyiha muhokama qilindi.
Oʻrta Chirchiq tumanida joylashgan, xalq tilida “Tashmore”, yaʼni “Toshkent dengizi” deb ataluvchi Tuyaboʻgʻiz suvomborida tashkil etilishi koʻzda tutilgan dam olish maskanini yaratish;
Qibray tumanidagi 36 gektar bogʻda ekoturizm loyihasini ishga tushirish;
Yuqori Chirchiq tumanida gazobeton ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring