Tanzila NARBAYEVA: “Pandemiya koʻplab yoʻqotishlarga sabab boʻlgani bilan birga, qator muhim sohalardagi ijtimoiy munosabatlarga yangicha nazar tashlash imkonini ham berdi”
— Koronavirusdan sogʻayganlar soni kun sayin oshib borayotgani, shuningdek, tabiiy ofatdan zarar koʻrgan hududlarimizda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari izchil olib borilayotgani barchamizni quvontirmoqda.
Koʻrib turganingizdek, mamlakatimizda karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda. Hududlarimiz shartli ravishda “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratilib, qator ishlab chiqarish tarmoqlari va servis xizmatlari faoliyati tiklanmoqda. Bunda sanitariya talablariga qatʼiy rioya qilinishiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur choralar, avvalo, xalqimiz manfaatlarini koʻzlab amalga oshirilmoqda va ishonamizki, odamlarimiz buni yaxshi anglab, tushunib, bundan buyon ham batartib va hamjihatlik bilan harakat qiladilar.
... Pandemiya koʻplab yoʻqotishlarga sabab boʻlgani bilan birga, qator muhim sohalardagi ijtimoiy munosabatlarga yangicha nazar tashlash imkonini ham berdi.
Jumladan, sogʻliqni saqlash sohasi, aholining tibbiy madaniyati, sanitariyaga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga alohida ahamiyat qaratish zarur. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga oid qonun hujjatlarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish kerak. Shuningdek, taʼlim tizimi, mehnat munosabatlariga oid qonunchilikni tanqidiy-tahliliy koʻrib chiqishni davrning oʻzi taqozo etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring