Tanzaniyada kamida 20 kishi koʻchkilar qurboni boʻldi

15:04 28 Mart 2026 Dunyo
535 0

Tanzaniya janubida kuchli yogʻingarchilik oqibatida yuzaga kelgan yer koʻchkilari tufayli kamida 20 kishi halok boʻldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, koʻchkilar uylarning vayron boʻlishiga va infratuzilma obyektlariga zarar yetishiga ham sabab boʻlgan.

Rungve tumani rasmiylari halok boʻlganlar orasida yosh bola ham borligini tasdiqladi va qurbonlar soni yana ortishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Xavf yuqori boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarga xavfsiz joylarga koʻchib oʻtish tavsiya qilindi, chunki sinoptiklar yaqin kunlarda yogʻingarchilik davom etishini prognoz qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер