Tanqid kuchi bir kilometr radiusgacha yetadi
Illyustrativ foto
“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. “Hozir pomidor oʻstirishda nimalarga eʼtibor berish kerak?” degan mavzuda mutaxassis maslahatini eshittiramiz”.
Mana ikkinchi oydirki, har kuni Mirzaobod tumanidagi “Tinchlik” mahallasi radiouzelidan tomorqa egalari uchun ana shunday turli mavzudagi eshittirishlar efirga uzatilayotir.Tomorqasini yashnatib qoʻyganlar namuna sifatida maqtalib, aksincha, ekinini qarovsiz qoldirgan, yerdan foydalanishda orqada qolayotgan hamqishloqlar bir kilometrdan ziyod doiraga yetib boradigan ovoz orqali tanqid qilinmoqda.

- Radiouzel koʻp ishlarimizni yengillashtirdi, - deydi mazkur mahalla fuqarolar yigʻini raisi Oʻrol Nishonov.- Ayniqsa, tomorqa egalarining muammolarini yechishda uning nafi katta boʻlayotir.Qaysi ekinni qanday parvarish qilish, zararkunandalarga qarshi kurash deysizmi, dehqonchilik va bogʻdorchilikning barcha masalalari boʻyicha malakali mutaxassislar ishtirokida eshittirishlar tashkil qilyapmiz. Qolaversa, mazkur qulaylik orqali maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar ham berib boryapmiz.
Maʼlumot uchun aytish lozimki,Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan tumandagi yana ikkita mahalla ana shunday radiouzel bilan taʼminlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring