“Taʼlim va kasb – kuz 2024” XXI xalqaro koʻrgazmasi Samarqandda

11:36 15 Oktyabr 2024 Jamiyat
244 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Yoshlar ishlari agentligi, “MY FAIR” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida “Taʼlim va kasb – kuz 2024” XXI xalqaro koʻrgazmasi Samarqandda yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.

Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oʻtkazilgan mazkur xalqaro koʻrgazmada 15 dan ortiq xorij universitet talabalari va abituriyentlar uchun koʻrgazmalar tashkil etildi.

– Muassasamiz Markaziy Osiyoda yagona taʼlim dargohi boʻlgani uchun koʻrgazmalar yoshlar eʼtiborini tortmoqda, – deydi Qozogʻiston Fuqaro aviatsiyasi akademiyasining ishga qabul qilish va bandlik markazi rahbari Boʻtakoʻz Abilqosimova. – Akademiyada yaratilgan sharoit, oʻqish imkoniyatlari samarqandlik yoshlarga maʼqul keldi. Ayni paytda oʻquv yurtimizda 3 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Ularning 10 foizdan ortigʻini xorijlik talabalar tashkil etadi. Bugungi kunda akademiyamizda fuqaro aviatsiyasini tashkil etishda oʻndan ortiq bakalavriat mutaxassisligi, uch mutaxassislik boʻyicha magistratura hamda muhandislik ishi boʻyicha doktoranturada oʻqish imkoniyati mavjud. Bizda tahsil olgan mutaxassislarga xalqaro talablarga javob beradigan sertifikatlar beriladi.

Koʻrgazmada umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻz qiziqishlariga mos oliy taʼlim dargohlari oʻquv dasturlari bilan tanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер