“Talabalik bahori” TerDU talabalarini bir davrada jamladi

23:33 01 Iyun 2022 Jamiyat
1323 0

Foto: «Халқ сўзи»

Termiz davlat universitetida Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan “Talabalik bahori” festivali boʻlib oʻtdi. Unda universitet professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar hamda Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi vakillari ishtirok etdi.

Festival davomida talabalar tomonidan “Xon atlas jilosi” milliy liboslar namoyishi, “Kitobxonlik” tanlovi, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalarining chiqishlari namoyish etildi. “Zakovat” intellektual oʻyini, velomarafon, “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” nomli esselar, “Mening universitetim” nomli rasmlar tanlovi hamda turli sport musobaqalarida talaba- yoshlar faol ishtirok etdi.

— Jamiyatimiz taraqqiy etishida va davlatimiz ravnaqida oʻsib kelayotgan avlodning jismoniy va maʼnaviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim rol oʻynaydi. Bugungi festivalni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, yoshlarning badiiy salohiyatini rivojlantirish, teatr, musiqa sanʼat, badiiy adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, universitetimizda taʼlim olayotgan turli millat vakillari oʻrtasida doʻstlik aloqalarini mustahkamlashdan iboratdir, — deydi TerDU prorektori Obidjon Shofiyev.

Tadbir doirasida oliygohda “Qizlarjon klubi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, fitnes-klub, shaxmat-shashka, tikuvchilik va stol tennisi xonalari ham foydalanishga topshirildi.

Tadbirning faol ishtirokchilari maxsus sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер