“Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopiladi

09:19 05 Dekabr 2024 Jamiyat
443 0

Foto: YHXX

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi “Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopiladi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 5-dekabr kuni soat 09:00 dan dovonda favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkaziladi.

Mashq davomida yirik toshlarni xavfsiz tushirish ishlari amalga oshirilib, dovonda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.

Barcha haydovchilardan tashkil etilgan chora-tadbirlarni toʻgʻri tushunish, tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya qilish soʻraldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер